Meni baxtim Shohrux (Ummon) скачать

!

Скачать песню Shohrux (Ummon) - Meni baxtim бесплатно


На этой странице Вы можете скачать песню Meni baxtim Shohrux (Ummon). Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.

Текст песни Shohrux (Ummon) - Meni baxtim

Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so’z topilmasa,
Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa.
Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo’lib qolasan,
Nahotki, yarim bo’lagim, ko’nglim yarmim bo’lib olasan.Uch kundan beri uyqu yo’q, almashtiradi oy quyoshni,
Lekin manga farqi yo’q.
Halovat yo’qolgan, topilmaydi o’zimni qo’ygani joy,
Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so’rar najot.O’sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo,
Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo.
Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol:
Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol?O mani baxtim, qarshingdaman so’nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So’zlarim tingla so’nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o’zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko’z yoshlaringni ko’rsatmagin hech kimga.Ou, ketaver go’zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo’l, meni esa hech o’ylama.
Ou, sen ketaver go’zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo’l, hech qachon undan ayrilma.Endi mani ko’zlarim bilan olamga qara,
Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz.
Oddiy ko’chalardan topib go’zal manzara,
Hayotga sevgan ko’zlar bilan qara.Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning,
Baxt sababchi bo’lsin ko’zing yoshlagan kuning.
Endi mani qo’ng’iroqlarim buzmaydi tuning,
Endi yuzingdagi tabassum bo’lmaydi sun’iy.Endi hayotimning nuri bilan yorit yo’ling,
Qiyin bo’lganda orzularimiz tutsin qo’ling.
Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo
Bo’lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz.Endi bo’lsin o’sha shirin tushlaring bari rost,
Bo’l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq.
Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam,
Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda.O mani baxtim, qarshingdaman so’nggi bor,
Nahot qolmadi vaqtim? So’zlarim tingla so’nggi bor.
O mani baxtim, endi bir o’zing yet orzularimizga,
Qolmadi vaqtim, ko’z yoshlaringni ko’rsatmagin hech kimga.Ou, ketaver go’zalim, ortingga hech qayrilma,
Mayli, baxtli bo’l, meni esa hech o’ylama.
Ou, sen ketaver go’zalim, ortingga hech qayrilma,
Sevganing bilan baxtli bo’l, hech qachon undan ayrilma.