Ko’rmagan G’ayrat Usmonov скачать

!

Скачать песню G’ayrat Usmonov - Ko’rmagan бесплатно


На этой странице Вы можете скачать песню Ko’rmagan G’ayrat Usmonov. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.

Текст песни G’ayrat Usmonov - Ko’rmagan

Hislarim o’zimni qilganda so’roq,
Qalbim nafas olmas yoqqanda firoq,
Olis manzillarni ko’zladim biroq,
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan? {x2}Armonlar sochiga boylandi baxtim,
Ne-ne ishq darsiga yetmadi aqlim,
Yulduzga yetguday bor edi shahdim,
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan? {x2}Go’zallikda hurlarga teng ekansan,
Bahosi yo’q durlarga teng ekansan. (x2)
Izlaganim aslida sen ekansan,
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan?Qiyosing topolmay ming bitta qizdan,
Ko’nglim qolganida ne-ne gulyuzdan,
So’ng baxt kutganimda bitta baxtsizdan,
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan? {x2}Ortingdan termulib, oh chekib qoldim,
Visoling ko’yiga ichikib qoldim. (x2)
Endi men yashashdan kechikib qoldim,
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan?Bo’larsan nurlarga cho’milgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko’zim qayda edi seni ko’rmagan?Bo’larsan nurlarga cho’milgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko’zim qayda edi seni…