Rasululloh keladur Muhammadjon qori скачать

!

Скачать песню Muhammadjon qori - Rasululloh keladur бесплатно


На этой странице Вы можете скачать песню Rasululloh keladur Muhammadjon qori. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.

Текст песни Muhammadjon qori - Rasululloh keladur

Kel, endi Jabroyil, Arshni supurgil, Bunda mehmon bo’lgali Rasululloh keladur. «Mazo — al basar» ko’zlik, «shams va Zuho» yuzlik Barchadan shirin so’zlik, Rasululloh keladur. Shamollarga borib aytgin, sayr etishini qo’ysin, Beadablik qilmasun, Rasululloh keladur. Daryolarga ham aytgin, mavj urishini qo’ysin, Oldida soqov tursin, Rasululloh keladur. Moliklarga borib aytgin, do’zax eshigin yopsin, Yo’llariga ko’z tutsin, Rasululloh keladur. G’ilmonlarga ham aytgin, jannat eshigin ochsin, Boshlariga dur sochsin, Rasululloh keladur. Azroyilga ham aytgin, jon olishin qo’ysin, Xizmatda muqim tursin, Rasululloh keladur. Ufqul maqomga borib yig’lab aytdi Jabroyil: «Bundan o’tsam, yo Rasul, qanotlarim kuyadur». (x2) Qiyomat kun bo’lganda yig’ilar barcha banda, Rasululloh kelganda ummatlari keladur. Rasululloh kelganda Mashrab quli keladur. Sharh: Rasululloh (s.a.v.) keladir Yo Jabroyil alayhissalom, hozirlik ko’ringki, insonlarning sarvari Muhammad Mustafo (s.a.v.) arshi a’lo sari mehmon bo’lgani kelmoqdalar. Basirot ko’zlari kundek ravshan, yuzlari tong shafaqidek pokiza, haliym va so’zlari jozib Rasululloh (s.a.v.) keladilar. Yo Jabroyil alayhissalom do’zax qo’riqchilari maloikalarga ayting: ular ham do’zax eshiklarini yopib, o’z vazifalarini bir dam unutsinlar va Allohning sevimli payg’ambari (s.a.v.) boshlaridan duri gavharlar sochsinlar. G’ilmonlarga aytingki, jannat eshiklarini lang ochsinlar va intizor ko’zlarini ul muborak zot yo’llariga tiksinlarki, bu me’roj tunini yoritib Habibulloh (s.a.v.) kelmoqdalar. Bebosh shamollar ham bir zum sukut ichra qotsinlar. Beadablik qilib, uvillamasinlar. Daryolar shovullab mavjlanishini bas qilsin. Azroil alayhissalom o’zlarining avvalu oxir vazifalari — jon olishidan tiyilib, xizmatda muqim tursinlarki, Rasululloh (s.a.v.) huzuri oliyga kelmoqdalar. Zero, Alloh huzurida hozir bo’lish maloyiklar, insu jins orasida faqat Muhammad alayhissalomgagina nasib etmishdir. Hatto Jabroil alayhissalom kabi buyuk farishta ham Sidratul Muntaho ostonasida “Bundan nari o’tsam, qanotlarim kuyadi”, deya yum — yum yig’laydi. Mahshar kuni jami xaloyiq yig’lagan kuyi u zotga ergashurlarki, devona Mashrab ham shularning biridir.

Клип Muhammadjon qori - Rasululloh keladur

Другие песни Muhammadjon qori