Ona Botir Qodirov скачать

!
  • Исполнитель: Botir Qodirov
  • Название песни: Ona
  • Год: 2020
  • Качество: 128 kbps
  • Размер: 5.43 MB
  • Категория: Узбекские песни
  • Скачано: 22 раз
  • Дата релиза: 15-12-2020, 07:56

Скачать песню Botir Qodirov - Ona бесплатно


На этой странице Вы можете скачать песню Ona Botir Qodirov. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.

Текст песни Botir Qodirov - Ona

Yuragimning dard tolasi,
Qalbimning mungli nolasi,
Ko’zlarim sog’inch jolasi – onam. (x2)
Hasratlarin ichga yutgan,
Dardin aytolmay berkitgan,
Mening kelishim zor kutgan – onam. (x2)
Onam, onam.

Yuzlari yorug’ oyligim,
Mening yo’qotgan boyligim, (x2)
G’animatim, chiroyligim – onam. (x2)
Yayrab, quvnab yurmaganim,
Davru davron surmaganim, (x2)
E, so’nggi dam ulgurmaganim – onam,
E, so’nggi damda ulgurmagan – onam.

Dardu sitam birlan qarib,
Ko’zlari meni axtarib, (x2)
Vidolashmay ketgan g’arib – onam. (x2)
Omonatgina mehmonim,
Yolg’izim, tanho insonim,
So’nggi so’zlari armonim – onam.
Onam...‎

Boshida tuhmat toshlari,
Baloyu kulfat toshlari,
Toshdan qattiq bardoshlari – onam. (x2)
Umri sokin g’amginginam,
Endi manguga jimginam,
Yuvoshginam, mo’minginam – onam.

Yuzlari yorug’ oyligim,
Mening yo’qotgan boyligim,
G’animatim, chiroyligim – onam.
Onam...‎ onam...‎ onam...‎ onam...‎

(Topmoq yo’qotmoqdir, yo’qotmoq – topmoq,
Sen so’lib, men yashnab, to’lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko’proq yo’qotdim,
Sen meni yupatding, seni yig’latdim,
Sen meni yaratding, seni tugatdim,
Uyalmay ona deb kelishimga boq.

Sog’inch haqda she’rlar yozdim o’zimcha,
Mendan peshonangda dog’lar tizimcha.
O’g’ling bo’lmay o’lay, attang, ming attang,
Qiz tug’sang netardi, ko’proq qiz tug’sang?
Tirgak bo’lolmadim bitta qizingcha,
Uyalmay shoirman deyishimga boq.

Joningdan aylanay, turgil jonajon,
Yo’l qarab bo’ldimi jigarginang qon?
Boqma ko’zlarimga bemajol, hasta,
Mening topganlarim gulmi bir dasta?
Yo’qotganim senmi endi, onajon?
O’z etimni o’zim yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qo’limdan kelmaydi nelar,
Ayt, pichan yig’aymi, o’tin yoraymi?
Yerni haydayinmi, ko’k ag’daraymi?
Itdek oyog’ingga suykalgim kelar,
Uchib-uchib mana qo’nishimga boq.

Hech narsa kerakmas, bolam hech deysan,
Endi kech deysanda, endi kech deysan,
Yuzimni bosaman muzday yuzingga,
Onajon, zor qilib ketma izingga.
O’lim oldida ham g’amimni yeysan,
Menchi jim taqdirga ko’nishimga boq.

She’rim bitdi, xayr do’stlar, xush qoling,
Bedil yashamakka o’rganmang mendek.
Boring, volidangiz ko’nglini oling,
Ertaga kech qolib o’rtanmang mendek.)