Sen yashar ko’chada Sevara Nazarxon скачать

!

Скачать песню Sevara Nazarxon - Sen yashar ko’chada бесплатно


На этой странице Вы можете скачать песню Sen yashar ko’chada Sevara Nazarxon. Слушайте онлайн в хорошем качестве, со своего телефона на Android, iphone или пк в любое время.

Текст песни Sevara Nazarxon - Sen yashar ko’chada

Sen yashar ko`chadan mastona yurdim,
Toliga suyanib, entikdim, turdim.
Sen kirgan makonni ko`nglimga solib,
Eng yorug`, eng toza bir dunyo qurdim.
Sen yashar ko`chadan mastona yurdim…

Sen yashar ko`chada bir yil – kun bo`ldim,
So`ngra asrlardan uzun tun bo`ldim.
Sog`inchning holidan bir bor xabar ol,
Tun ichra o`ksinib, bag`ri xun bo`ldim.
Sen yashar ko`chada bir yil – kun bo`ldim.

Sen yashar ko`chaning bir eshigi berk,
Eshikni ocholmas na gado, na bek.
Kimga ochiladi – o`zi biladi,
Qulfini ochib qo`y, eshikka ber erk.
Sen yashar ko`chaning bir eshigi berk.

Sen yashar bu ko`cha eng sevimli bayt,
Yodaki o`qiyman, yuragimda qayd.
Men bilan yur desam, sensiz yurmaydi,
Bu sensiz ko`chani nima qilay ayt?
Sen yashar bu ko`cha eng sevimli bayt.

Sen yashar ko`chaga bo`lmaydi to`yib,
Uni olib ketdim, yelkamga qo`yib.
Oh ursam, esimga tushgan chog`laring,
Yig`lay devoriga boshimni qo`yib.
Sen yashar ko`chaga bo`lmaydi to`yib.

Sen yashar ko`chadan mastona yurdim…